Joze Mourino «Manchester Yunayted»ga «Real» futbolchisini olib kelishi mumkin

Joze Mourino «Manchester Yunayted»ga «Real» futbolchisini olib kelishi mumkin
Sky Sports nashrining xabariga ko‘ra, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourino “qizil iblislar”ning hozirgi tarkibidan to‘liq qoniqish hosil qilmoqda.

Ammo portugaliyalik mutaxassis “MYu”ga “Real” himoyachisi Rafael Varan va PSJ yarim himoyachisi Yulian Drakslerni olib kelmoqchi.

Transfermarkt saytining ma’lumotlariga asosan, har ikki futbolchining transfer qiymati 35 million evrodan baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Draksler xizmatlariga shuningdek, “Arsenal” va “Liverpul” klublari ham qiziqish bildirmoqda.


Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.