Lionel Messi: Runidek futbolchi avlodlar almashganda bir marta dunyoga keladi


Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi “Manchester Yunayted” klubi hamda Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runining mamlakat bosh jamoasi safida 50ta gol urganiga munosabatini bildirib o‘tdi.
“Ueyn Runi avlodlar almashganda bir marta dunyoga keladigan futbolchi hisoblanadi. U shunday futbolchiki, unga qarshi o‘ynashni hech kim istamaydi. Yaxshi futbolchilar ko‘p, lekin Runi - alohida misli ko‘rilmagan iqtidordir.
U men ko‘rgan eng kuchli futbolchilarning biri. Maydonda Ueyndek ter to‘kib ishlaydigan futbolchi ko‘rmaganman. U - tug‘ma g‘olib”, - deydi Messi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













