Xitoyda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz terma jamoani qo‘llash uchun Uxanga yetib kelmoqda

Xitoyda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun Uxan shahriga yetib kelmoqda. Ulardan biri - molekulyar mikrobiologiya va metagenomika bo‘yicha ilmiy ish qilayotgan Baxtiyor Abdug‘afurov \"Feysbuk\"dagi sahifasida bu haqida shunday degan.
- Vuxanga (Uxan) keldik. Terma jamoamizdan umid katta, nasib qilsa yutadi. Xudo xohlasa Jahon Chempionatiga chiqadi.
Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi fan-klubning tayyorgarligi avjida. Xitoyda ishlayotgan ko‘pchilik yurtdoshlarimiz Xitoy - O‘zbekiston o‘yinida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishmoqda. Bundan 3-4 kun avval Pekinda o‘qiyotgan do‘stlarimiz ham Vuxanga bilet olganini eshitgandim.
Bayram bayramlarga ulanib ketsin! Hammaga bayramlar muborak bo‘lsin! 5 sentyabr esa yana bir katta bayram hammamizga nasib qilsin! Olg‘a, O‘ZBEKISTON!\" - deya yozadi Baxtiyor Abdug‘afurov.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy - O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanadi. Sport TV ushbu o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Translyatsiya boshlanishi oldidan, soat 16.00da \"jonli efir\"da mutaxassislar ishtirokida muloqot boshlanadi.
Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!- Vuxanga (Uxan) keldik. Terma jamoamizdan umid katta, nasib qilsa yutadi. Xudo xohlasa Jahon Chempionatiga chiqadi.
Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi fan-klubning tayyorgarligi avjida. Xitoyda ishlayotgan ko‘pchilik yurtdoshlarimiz Xitoy - O‘zbekiston o‘yinida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishmoqda. Bundan 3-4 kun avval Pekinda o‘qiyotgan do‘stlarimiz ham Vuxanga bilet olganini eshitgandim.
Bayram bayramlarga ulanib ketsin! Hammaga bayramlar muborak bo‘lsin! 5 sentyabr esa yana bir katta bayram hammamizga nasib qilsin! Olg‘a, O‘ZBEKISTON!\" - deya yozadi Baxtiyor Abdug‘afurov.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy - O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanadi. Sport TV ushbu o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Translyatsiya boshlanishi oldidan, soat 16.00da \"jonli efir\"da mutaxassislar ishtirokida muloqot boshlanadi.
Manba: www.uff.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













