«Barselona» futbol tarixidagi eng qimmat homiylik shartnomasini tuzishi mumkin


Kataloniyaning «Barselona» klubi Qatar Airways bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.
Yangi kelishuvga ko‘ra, kataloniyaliklar 2019 yilga qadar yiliga 65 million evro olishi ko‘zda tutilgan. Bu qiymat hozirgisidan ko‘ra ikki barobar ko‘p va futbol tarixidagi eng qimmatidir.
Ayni paytda eng qimmat shartnoma «Manchster Yunayted» va Chevrolet o‘rtasida tuzilgan bo‘lib, «MYu» yiliga kompaniyadan 64 million evro oladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













