Kia yangi avlod Cee’d prototipini namoyish qildi

Kia yangi avlod Cee’d prototipini namoyish qildi
Kia kompaniyasi Cee’d modelining yangi avlodi prototipi — Proceed konsept-karini namoyish qildi. Bu haqda \"Kommersant\"ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Kia янги авлод Cee’d прототипини намойиш қилди
Frankfurtdagi avtosalonda debyuti bo‘lib o‘tadigan avtomobil markaning Yevropadagi dizayn bo‘limida ishlab chiqilgan. Mashina Kia Stinger modeli uslubida ishlangan va noyob kuzovi bilan ajralib turadi.

Lava Red rangiga bo‘yalgan konsept-kar ekstererida karbon elementlari bo‘lib, u 20 dyuymli g‘ildirak disklariga ega bo‘ldi. Avtomobil egasi yaqinlashganda mexanizmlar ishga tushadi, egasini qarshilab LED-chiroqlar yoqiladi.
Kia yangi avlod Cee’d prototipini namoyish qildi
Prototip kuzovining orqasida va radiator panjarasida GT nishonlari bor va bu konsept-karning yangi avlod modelining \"zaryadlangan\" versiyasi ekaniga ishora bo‘lishi mumkin. Yangi avlod Kia cee\'d avtomobillarining taqdimot sanasi hozircha noma’lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.