"Barselona" muxlislari "Atletiko" stadioniga kiritilmaydi

"Barselona" muxlislari "Atletiko" stadioniga kiritilmaydi
\"Atletiko\" rahbariyati Primeraning 8-turidan o‘rin olgan \"Barselona\"ga qarshi o‘yin uchun mehmon muxlislarga chipta sotmaslikka qaror qildi.

Sky Sports xabariga ko‘ra, buning sababi sifatida \"Vanda Metropolitano\" stadionining mehmon jamoa muxlislari sektoridagi muammolar aytilgan.

Ammo, mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda, \"matraschilar\" kataloniyaliklarni atayin stadionga kiritmaslikka qaror qilgani taxmin qilinmoqda.

Bu bilan ular Ispaniyaning hududiy yaxlitligi tarafdori ekanini bildirish va mehmonlar tomonidan turli siyosiy shiorlarni namoyish qilinishining oldini olishni maqsad qilgan bo‘lishi mumkin.

Manba: stadion.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.