Rasman! Yupp Xaynkes – «Bavariya» bosh murabbiyi

Rasman! Yupp Xaynkes – «Bavariya» bosh murabbiyi
«Bavariya» Yupp Xaynkesni bosh murabbiylikka qaytganini rasman e’lon qildi.

72 yoshli mutaxassis bilan mavsum so‘nggiga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Xaynkes 9 oktyabrdan boshlab ishga kirishadi. Shunday qilib Yupp o‘z faoliyati mobaynida uchinchi bor «Bavariya» boshqaruvini o‘z qo‘liga olmoqda.

Uning boshchiligida «Bavariya» 2013 yilda nemis futbol tarixida ilk treblni qayd etgan. O‘shanda myunxenliklar Bundesliga, Germaniya Kubogi va YeChLda g‘olib chiqqan edilar.

Manba: www.sports.ru
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.