Kataloniya mustaqilligi saylov natijalari e’lon qilindi

Kataloniya mustaqilligi saylov natijalari e’lon qilindi
Kataloniya hukumati 1 oktyabr kuni o‘tkazilgan referendum natijalarini e’lon qildi.

Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, ovoz berish jarayonida taxminan 2 million 300 ming fuqaro ishtirok etdi. Bu Kataloniya aholisining 43,03% demakdir. Ularning 90,18% mustaqillikni yoqlab ovoz berdi. 7,83% qarshi bo‘ldi, 1,98% bo‘sh byulletenlarni qutiga tashladi.

Endi Kataloniya hukumati yaqin kunlar ichida mustaqillikni e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya hukumati bu referendum natijalarini tan olmasligini ma’lum qilgan edi.

Agar Kataloniya mustaqilligi rasman tan olinsa, \"Barselona\", \"Espanol\" va \"Jirona\" La Ligani tark etadi.

Manba: Sports.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.