Aholisi Sirdaryo viloyatidan ham kam bo‘lgan davlat JChga yo‘llanma oldi

Aholisi Sirdaryo viloyatidan ham kam bo‘lgan davlat JChga yo‘llanma oldi
Islandiya futbol bo‘yicha jahon chempionati final bosqichiga chiqa olgan barcha davlatlar ichida aholisi eng kam bo‘lgan davlat bo‘ldi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Orol davlatning aholisi 330 ming kishini tashkil qiladi. Bu boradagi avvalgi rekord natija 1,3 mln kishilik aholiga ega Trinidad va Tobagoga tegishli edi.

Islandiya I guruhida Xorvatiya, Ukraina va Turkiyani ortda qoldirib, 1-o‘rinni egallay oldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Islandiya aholisi O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidan ham kamdir. Ushbu viloyatda, 2015 yil ma’lumotlariga ko‘ra, 777 100 kishi istiqomat qiladi.
Aholisi Sirdaryo viloyatidan ham kam bo‘lgan davlat JChga yo‘llanma oldi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.