PSJ Di Mariyani "Barselona"ga sotmaganidan afsusda

PSJ Di Mariyani "Barselona"ga sotmaganidan afsusda
PSJ yarim himoyachisi Anxel Di Mariya qishki transfer oynasida Xitoy klublaridan biriga sotib yuborilishi mumkin.

Argentinalik futbolchi yozda \"Barselona\"ga o‘tishi mumkin edi, ammo parijliklar uni sotishni istashmadi va endi bundan afsuslanishmoqda.

Parijliklar moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun 29 yoshli yarim himoyachini sotib yuborishmoqchi va uning agentlariga Xitoydan jamoa qidirishga ruxsat berishdi.

Di Mariya 2015 yilning avgustidan beri PSJ sharafini himoya qiladi. Futbolchi va klub o‘rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga yetadi.

Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.