Xames Rodriges: Ramos va Benites o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik yo‘q

Xames Rodriges: Ramos va Benites o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik yo‘q
Xames Rodriges: Ramos va Benites o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik yo‘q

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites va sardor Serxio Ramos o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik yo‘qligi haqida gapirib o‘tdi.

\"Ramos va Benites o‘rtasida qanday holat ro‘y berganini bilmayman. Ammo bizning jamoamizda ichki muhit juda yaxshi va hech qanday kelishmovchiliklar yo‘q\", - deydi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Rafael Benites \"Atletiko\"ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng Serxio Ramosni tanqid qilgan edi. O‘sha o‘yinda himoyachi \"Real\" darvozasiga penalti belgilanishiga sababchi bo‘lgan.

Shuningdek Benites va Krishtianu Ronalduning munosabatlari ham u qadar yaxshi emasligi aytilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.