Boks: Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov bugun final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi

Boks: Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov bugun final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi
Bugun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Dinamo” sport saroyida boks bo‘yicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogi musobaqasining yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan chorak final janglaridan so‘ng Isroil Madrimov (75 kg) hamda Sanjar Tursunov (-91 kg) shu bosqichga qadar yetib kelgan edi.

Endi ular final yo‘llanmasi uchun ringa ko‘tariladi. Yarim final juftliklari bilan tanishing:

75 kg
Yakub Zuber (Rossiya) – Isroil Madrimov (O‘zbekiston)
Sergey Margaryan (Rossiya) – Igor Ivanchenko (Rossiya)

-91kg
Aleksey Zobnin (Rossiya) – Sanjar Tursunov (O‘zbekiston)
Murad Arslanbekov (Rossiya) – Svetoslav Teterin (Rossiya)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.