Avstraliya terma jamoasi ham Rossiyaga boradigan bo‘ldi

Avstraliya terma jamoasi ham Rossiyaga boradigan bo‘ldi
Melbrun shahrida Avstraliya hamda Gonduras terma jamoalari o‘rtasida JCH-2018 saralashi qit’alararo pley-off o‘yinining javob bahsi o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu terma jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan edi. Bugungi uchrashuv esa 3:1 hisobida avstraliyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa “sokkeruzlar” kelgusi yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

15 noyabr «ANZ Stadium»
Avstraliya – Gonduras 3:1
Gollar: 1:0 – 53 Yedinak, 2:0 – 72, penalti Yedinak, 3:0 – 85, penalti Yedinak, 3:1 – 90 Elis.

Avstraliya – Rayan, Bexich, Rayt, Seynsberi, Milligan (Troysi, 89), Muy, Yedinak, Lekki, Rogich (Kruz, 77), Keyxill (Yurich, 66), Jerman.
Gonduras – Eskober, Figeroa, Palasios, Isagirre (Figeroa, 42; Martines, 73), Alvarado, Akosta, Klaros, Bekeles, Losano, Elis, Kioto (Ernandes, 75).
Ogohlantirishlar: Jerman (3), Figeroa (19), Muy (45), Klaros (57), Lekki (81), Palasios (84), Seynsberi (88).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.