Ruslan Chagayev Shahlo Ahmedovaning klipida suratga tushdi

Ruslan Chagayev Shahlo Ahmedovaning klipida suratga tushdi
Professional ringda og‘ir vazn toifasining WBA talqini bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev klipda suratga tushdi.

U yosh, iste’dodli xonanda Shahlo Ahmedovaning “Qani” deb nomlangan klipida suratga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev havaskorlar o‘rtasida ikki karra jahon chempioni (1997, 2001), havaskorlar boksi og‘ir vazn toifasida Osiyo va jahon chempioni (1998) hisoblanadi.

Professional ringda og‘ir vazn toifasining WBA (2007-2009) chempionlik kamari sohibi. 2014-2016 yillarda ushbu versiyada muntazam jahon chempioni hamda Panaosiyo boks assotsiatsiyasi (RAVA) versiyasi bo‘yicha Osiyo chempionliklarini qo‘lga kiritgan.

U faoliyati davomida 38 ta jang o‘tkazib, 34 g‘alaba (21 nokaut), 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. 2016 yil 17 oktyabrida bokschilik faoliyatiga yakun yasagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.