Ramzan Qodirov: Chechenistonga Meyvezer keladi

Ramzan Qodirov: Chechenistonga Meyvezer keladi
Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer Chechenistonga tashrif buyurib, mahalliy bokschilar va MMA jangchilari uchun mahorat darslarini o‘tkazadi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov xabar berdi, deb yozmoqda Kun nashri.

«Floyd Meyvezer Chechenistonga 2018 yilda keladi hamda chechenistonlik bokschilar va MMA jangchilari uchun mahorat darslarini o‘tkazadi», - deya aytib o‘tgan Qodirov «Groznыy» radiosi efirida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik kichik Floyd Meyvezer va irlandiyalik aralash yakkakurashlar ustasi Konor Makgregor o‘rtasidagi boks jangi jahonda sotilgan translyatsiyalar miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagani xabar berilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.