“Barselona” futbolchilari g‘alabadan so‘ng Ronalduning ustidan kulishdi (Foto)

“Barselona” futbolchilari g‘alabadan so‘ng Ronalduning ustidan kulishdi (Foto)
Avval xabar berib o‘tganimizdek, “Barselona” 23 dekabr kuni “Santyago Bernabeu” stadionida “Real” ustidan yirik 0:3 hisobida g‘alabaga erishdi.
Kataloniya klubi muxlislari esa uchinchi gol muallifi Aleysh Vidalning g‘alabadan so‘ng kiyinish xonasidagi holatini baholashdi.

Gap shundaki, o‘yindan so‘ng kataloniyaliklar g‘alabani kiyim almashtirish xonasida nishonlashdi va jamoaviy sur’atlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashdi.

Qizig‘i shundaki, sur’atda Aleysh Vidal o‘zini xuddi Krishtianu Ronalduning turish uslubiga o‘xshatdi.
Bu jihat esa ijtimoiy tarmoqdagi muxlislar tomonidan turli hil maqtovlarga sazovor bo‘ldi.

Ko‘rib o‘zingiz baho bering.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval “Barselona” yetakchisi aynan Vidalning uchinchi goliga butsasiz pas bergani haqida xabar bergandik.
“Barselona” futbolchilari g‘alabadan so‘ng Ronalduning ustidan kulishdi (Foto)
“Barselona” futbolchilari g‘alabadan so‘ng Ronalduning ustidan kulishdi (Foto)
“Barselona” futbolchilari g‘alabadan so‘ng Ronalduning ustidan kulishdi (Foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.