Odil Ahmedovning klubdoshi Rossiya termasida o‘ynash uchun rus qiziga uylanadi

Odil Ahmedovning klubdoshi Rossiya termasida o‘ynash uchun rus qiziga uylanadi
Odil Ahmedovning klubdoshi Rossiya termasida o‘ynash uchun rus qiziga uylanadi

Rossiyaning “Krasnodar”ning braziliyalik hujumchisi Ari dekabrda rossiyalik qizga uylanib, shunday so‘ng Rossiya fuqaroligini rasmiylashtirish jarayonini boshlaydi. Bu haqda futbolchining agenti Oliver Kabrera ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Avvalroq Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko Ari Rossiya terma jamoasini kuchaytirishi mumkinligini aytgan edi. O‘z navbatida futbolchi ham Rossiya terma jamoasi uchun o‘ynashni xohlayotganini tan oldi.

“Ari dekabrda rossiyalik qizga uylanadi, shundan so‘ng fuqarolikni rasmiylashtirish jarayonini boshlaydi, — dedi Kabrera. — Bunga qancha vaqt ketishini bilmayman — bu Rossiya hukumatiga bog‘liq. O‘yinchi Yangi yil bayramidan keyin hujjat topshirsa kerak”.

Braziliyalik Ari Rossiyaga ko‘chib borguncha o‘z yurtida, shuningdek, Shvesiya va Niderlandiyada to‘p surgan. 2010 yildan 2013 yilgacha Moskvaning “Spartak” klubi uchun o‘ynagan Ari keyin “Krasnodar”ga o‘tgan.

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.