Robin van Persi «Barselona»ga o‘tishga rozilik berdi


\"Fenerbaxche\" klubi hujumchisi Robin van Persi qishki transfer mavsumida \"Barselona\"ga o‘tishga rozilik berdi, deb yozmoqda Uff.uz sayti.
\"Algemeen Dagblad\"ning xabar qilishicha, 32 yoshli gollandiyalik futbolchi bu borada kataloniyaliklar rahbariyati bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Endilikda turk klubining roziligi olinsa bo‘lgani.
Van Persining transfer narxi 3 million evroga baholanmoqda. Joriy mavsum u Turkiya chempionatida 4ta gol kiritib, 1ta golga assistentlik qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













