Ronaldino o’z karyerasiga nuqta qo’ydi

Ronaldino o’z karyerasiga nuqta qo’ydi
Braziliyalik 37 yoshli futbolchi Ronaldino o’z karyerasini yakunladi. Bu haqida sportchining ukasi Roberto Assis keltirgan ma’lumotlarga tayangan holda horij nashrlari xabar tarqatgan.

“Bo’ldi, tugadi. Biz Rossiyadagi jahon chempionatidan so’ng, ehtimol avgustda katta tadbir o’tkazamiz. Biz Braziliya, Evropa va Osiyoda turli tadbirlar qilamiz va albatta Braziliya terma jamoasi ishtirokida matchlar uyushtiramiz” deydi u.

Ma’lumot uchun, Ronaldino 2004 va 2005 yillarda dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan, 2005 yilda esa “Oltin to’p” mukofotini qo’lga kiritgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.