Ulug‘bek Haqberdiyev 10 fevral kuni yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi

Ulug‘bek Haqberdiyev 10 fevral kuni yengilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi
Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan o‘zbekistonlik bokschi Ulug‘bek Haqberdiyev (4-0-0, KO2) 10 fevral kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Sankt-Peterburgdagi “Qin Shi Huang” arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan to‘qnashuvda u qog‘og‘istonlik yengilmas bokschi Aidos Yerbossinuliga qarshi ringga chiqadi. Bu sportchi 2015 yili professional faoliyatini boshlagan va shu vaqtgacha 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Shulardan 6 tasini muddatidan oldin yakunlagan.

Ulug‘bek Haqberdiyev so‘nggi jangini o‘tgan yilning 30 sentyabrida Rossiyaning Troitsk shahrida mezbon bokschi Dmitriy Suxotskiyni texnik nokautga uchratgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.