O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga beriladigan mukofot ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga beriladigan mukofot ma’lum bo‘ldi
Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati U-23 musobaqasida g‘alaba qozongan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:50da Toshkentga yetib keladi.

Tribuna.Uz manbalari bergan xabarga ko‘ra, Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilarga O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan bittadan Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar taqdim etiladi.

Bugun Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda futbolchilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng O‘zbekiston mehmonxonasida futbolchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ўзбекистон U-23 терма жамоасига бериладиган мукофот маълум бўлди
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.