Gretsiyadagi hamyurtimiz debyut uchrashuvida gol urdi

Gretsiyadagi hamyurtimiz debyut uchrashuvida gol urdi
Kecha Gretsiya birinchi ligasida 17-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik hujumchi Timur Ayupov to‘p tepayotgan \"Panaigialios\" klubi safarda \"Veriya\" mehmoni bo‘ldi. Gretsiyadagi dastlabki uchrashuvida maydonga tushgan Ayupov 2-daqiqadayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Biroq yakunda jamoasi 1:3 hisobida yutqazdi. Hamyurtimiz o‘yinda to‘liq harakat qildi. Ayni paytda \"Panaigialios\" klubi chempionatda 16-o‘rinda bormoqda. Klub keyingi uchrashuvni 25 fevral kuni o‘z uyida \"Sparta\" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

\"Veriya\" - \"Panaigialios\" 3:1
Gollar:
Damianakis 30, Blestas 59, Bastianos 73 - Timur Ayupov 2
Gretsiyadagi hamyurtimiz debyut uchrashuvida gol urdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.