Hasanboy Do‘smatov revansh oldi

Hasanboy Do‘smatov revansh oldi
O‘zbekistonning yetakchi bokschilaridan tashkil topgan “Uzbek Tigers” jamoasi Jahon Boks Seriyalari (World Series of Boxing) VII mavsumida Toshkentdagi dastlabki janglarini o‘tkazmoqda.

Amaldagi vitse-chempion Kubaning “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi janglar “Universal” sport saroyida bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi boks oqshomiga Olimpiada chempioni hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov hamda ikki karra Jahon chempioni Joyannis Oskar Argilagos qarama-qarshiligi bilan start berildi.

O‘tgan yili Gamburgda o‘tkazilgan Jahon chempionatida shubhali tarzda g‘alabani ilib ketgan kubalik bokschi bu safar Toshkentda taslim etildi. 49 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan jangda Hasanboy Do‘smatov revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.

49 kg: Hasanboy Do‘smatov 5–0 Joyannis Oskar Argilagos.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.