YECHL. “Yuventus” 3 daqiqada 2 ta gol urib, “Tottenhem”ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

YECHL. “Yuventus” 3 daqiqada 2 ta gol urib, “Tottenhem”ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)
Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi bugungi bahlar o‘z poyoniga yetdi.

Jumladan, “Uebli” stadionida “Yuventus”ni qabul qilgan “Tottenxem” 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv boshidan mezbonlar nazorati ostida kechayotgandek edi va bu gol bilan tasdiqlangandek ham bo‘lgandi. Aniqrog‘i, uchrashuvning 31-daqiqasida “shporlar” hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishgandi.

Ammo ikkinchi bo‘limda barchasi o‘zgardi. Yevrokuboklarda raqibidan ancha tajribali bo‘lgan turinliklar kerakli pallada o‘yinlarni kuchaytirib, 3 daqiqa ichida ikki gol kiritishdi va hisobni o‘zlari uchun qulay ko‘rinishga keltirishdi.

Uyog‘iga esa asosiy e’tiborni himoyaga qaratib, o‘z maqsadlariga erishishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur qarama-qarshilikning birinchi o‘yinida 2:2 hisobi qayd etilgandi.

YECHL. 1/8 FINAL

TOTTЕNXEM — YUVЕNTUS – 1:2 (1:0)
Gollar:
1:0 – 39 Son Xyon Min, 1:1 – 64 Iguain, 1:2 – 67 Dibala.

Tottenxem: Loris, Vertongen, Devis, Trippyer, Sanches, Eriksen, Dayer (Lamela, 74), Dembele, Alli (Lorente, 86), Son Xыn Min, Keyn.

Yuventus: Buffon, Bardzali, Aleks Sandro, Benatiya (Lixtshtayner, 61), Kyellini, Xedira, Matyuidi (Asamoa, 60), Pyanich, Duglas Kosta, Dibala, Iguain (Sturaro, 83).

Ogohlantirishlar: Vertongen (28), Aleks Sandro (35), Pyanich (44), Benatiya (49), Kyellini (53), Alli (56), Dembele (88).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.