Ramzan Kadirov UFC jangchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan mahrum qilinishi mumkin

Ramzan Kadirov UFC jangchilarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan mahrum qilinishi mumkin
Checheniston rahbari Ramzan Kadirov UFC jangchilarini qo‘llab-quvvatlash huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda MMAni yoritib boruvchi jurnalist Mayk Rassell ma’lum qilgan.

Jurnalistning xabariga ko‘ra, AQSh hukumati jangchilarni qo‘llab-quvvatlash, ya’ni homiylikni o‘rganib chiqmoqda. Bunda asosan “Axmat” va shunga o‘xshash jahon darajasidagi klublar kiradi. AQSh vakillarini Checheniston rahbarining taqiq bo‘lishiga qaramasdan okeanortiga pul jo‘natish imkoniyati borligi qoniqtirmayapti.

Moliyaviy ko‘mak olayotgan sportchilarga buni qanday yetkazish borasida hozircha hech narsa aytilgani yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.