Ikki bokschimiz AQShda jang qiladi

Ikki bokschimiz AQShda jang qiladi
Professional boksda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan Fazliddin G‘oyibnazarov (3-0-0, 1KOs) hamda Xurshidbek Normatov (5-0-0 2 KOs) ning navbatdagi jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi.

Fazliddin o‘zining to‘rtinchi jangini joriy yilning 12 may kuni Nyu Yorkdagi \"Madison Square Garden\" sport saroyida o‘tkazadi. Xurshidbek esa oltinchi jangini 5 may kuni Mashantaketdagi \"Foxwoods Resort\" mehmonxonasida o‘tkazadi.

Hozirda har ikki bokschimizga qarshi ringga tushadigan raqiblar nomi aniq emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.