Ronaldu yozda "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi

Ronaldu yozda "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchi yana \"Manchester Yunayted\"ga qaytishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra mankuanliklar o‘zining sobiq yulduzi uchun “qirollik klubi”dan ko‘ra ko‘proq to‘lashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Real” safiga 2009 yil aynan MYudan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum madridliklar safida jami 35ta bahsda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 37ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.