Superligada "ilk iste’fo" yuz berdi

Superligada "ilk iste’fo" yuz berdi
Bugun, 7 aprel kuni «So‘g‘diyona» rahbariyati navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi Sports.uz.

Yig‘ilish davomida jamoaning qoniqarsiz natijalari muhokama qilindi. Ma’lumki, mavsum boshidan buyon jamoa bor yo‘g‘i 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Raqiblar darvozasi atigi 1 marotaba ishg‘ol qilindi. Shundan kelib chiqib, jamoa rahbariyati Aleksandr Mochinovni «So‘g‘diyona» boshqaruviga loyiq emas deb hisoblab, iste’foga chiqardi.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «So‘g‘diyona» klubida moliyaviy tomondan xech qanday muammo yo‘q. Murabbiylar shtabi va barcha futbolchilarning oylik maoshlari o‘z vaqtida berilmoqda. Jamoa ertadan «Navbahor»ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi.

Bugun \"So‘g‘diyona\" raxbariyati tajribali murabbiy Sergey Ivanovich Lushchan bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.