Ilhom Mo‘minjonov: "So‘g‘diyona" to‘la haqli g‘alabaga erishdi"

\"So‘g‘diyona\" - \"Navbahor\" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘z fikrlarini bildirdi.
\"2:0 hisobida oldinda edik, uchrashuv tugashiga 15 daqiqa qolganida \"So‘g‘diyona\" irodali g‘alabaga erishdi. Ular bunga to‘la haqli edilar. Chunki bizning futbolchilar bahs so‘nggida butkul konsentratsiyani yo‘qotishdi va ketma-ket gollar o‘tkazib yubordik.
Birinchi taymda chiroyli o‘ynadik deb o‘ylamayman. Shunchaki ikkita vaziyatdan ikkita gol urdik. Birinchi taymdayoq 3ta gol o‘tkazib yuborishimiz kerak edi. \"So‘g‘diyona\" bizdan ancha ustunlik qildi. Shijoat ko‘rsatishdi. Yigitlar g‘alaba uchun tushishgani ko‘rinib turibdi. Biz esa qo‘limizdan kelganicha o‘ynadik\", - deydi Ilhom Mo‘minjonov.
Manba: championat.asia
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"2:0 hisobida oldinda edik, uchrashuv tugashiga 15 daqiqa qolganida \"So‘g‘diyona\" irodali g‘alabaga erishdi. Ular bunga to‘la haqli edilar. Chunki bizning futbolchilar bahs so‘nggida butkul konsentratsiyani yo‘qotishdi va ketma-ket gollar o‘tkazib yubordik.
Birinchi taymda chiroyli o‘ynadik deb o‘ylamayman. Shunchaki ikkita vaziyatdan ikkita gol urdik. Birinchi taymdayoq 3ta gol o‘tkazib yuborishimiz kerak edi. \"So‘g‘diyona\" bizdan ancha ustunlik qildi. Shijoat ko‘rsatishdi. Yigitlar g‘alaba uchun tushishgani ko‘rinib turibdi. Biz esa qo‘limizdan kelganicha o‘ynadik\", - deydi Ilhom Mo‘minjonov.
Manba: championat.asia
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













