YeChL. «Bavariya» «Real»ga, «Roma» esa «Liverpul»ga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi

YeChL. «Bavariya» «Real»ga, «Roma» esa «Liverpul»ga qarshi final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
Bugun, 13 aprel sanasida Shveysariyaning Non shahrida Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a ochiq ko‘rinishda o‘tkazildi. Jamoalar hech qanday savatchalarga ajratilmadi. Qur’ani Kiyev shahrida o‘tadigan Yevropa Chempionlar Ligasi finali elchisi Andrey Shevchenko olib bordi.

Qur’aga ko‘ra yarim final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

«Bavariya» (Germaniya) — «Real» (Ispaniya)
«Liverpul» (Angliya) — «Roma» (Italiya)

Dastlabki o‘yinlar 24—25 aprelda, javob bahslari 1—2 may kunlari o‘tkaziladi. Final 26 may kuni Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.