Muxlislar qo‘shig‘i: «Yana ko‘proq gol ursa, islom dinini tanlayman»

Muxlislar qo‘shig‘i: «Yana ko‘proq gol ursa, islom dinini tanlayman»
«Al-Azhar» radikalizmga qarshi kurashish tashkiloti Angliyaning «Liverpul» jamoasida to‘p surayotgan misrlik futbolchi Muhammad Saloh islom dinini o‘zining yuksak axloqiy fazilatlari bilan namuna qilib ko‘rsatayotganidan xursandligini aytgan. Bu haqda «Hurriyet»ga asosan Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

«Oxirgi paytlarda butun dunyoda Salohning muvaffaqiyatlari tilga olinayotir. Angliya matbuoti islom dini haqida noto‘g‘ri talqinlar qilayotgan bir paytda, Saloh orqali «Liverpul» muxlislari islomning mazmun-mohiyatini anglatadigan qo‘shiqlar kuylamoqda», – deyiladi «Al-Azhar» bayonotida.

«Yana ko‘proq gol ursa, islom dinini tanlayman. Masjidga boraman, u maskan men xohlagan joy», – kabi so‘zlar o‘rin olgan muxlislarning qo‘shiqlarida.

Angliya premer ligasi (PFA) tomonidan Muhammad Saloh «Yil o‘yinchisi» deb topilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.