O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga yetib bordi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga yetib bordi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushish uchun Eron poytaxti Tehron shahriga yo‘l olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Toshkent-Istambul-Tehron yo‘nalishidagi jami 8 soatlik parvozdan so‘ng futbolchilarimiz Eronga yetib borishdi.

Vakillarimiz Tehrondagi “Parsian Esteghlal” mehmonxonasiga joylashishdi. Ertaga o‘yinoldi mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 19 may kuni “Ozodiy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.the-uff.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.