Zidan faoliyatini Osiyo terma jamoalarining birida davom ettirishi mumkin

Zidan faoliyatini Osiyo terma jamoalarining birida davom ettirishi mumkin
Zinedin Zidanga yillik maoshi 50 million dollarlik ish taklif etishdi, deb yozadi Xabar nashri.

Misrlik taniqli biznesmen Nagib Saviris o‘zining “tvitter”ida yozishicha, Zidan faoliyatini Qatar terma jamoasida davom ettiradi. “Real”ning sobiq bosh murabbiyi qatarliklarni jahon chempionatiga tayyorlaydi. Nagibning aytishicha, Zidan yiliga 50 mln. yevro maoshga ega to‘rt yillik shartnomaga imzo chekadi:

“Zidan JCH-2022da Qatar terma jamoasini boshqaradi. 4 yillik shartnoma, yillik maosh — 50 million yevro. Pul hammasini hal qiladimi?”

Nagib Saviris – misrlik biznesmen. U 2012 yilda “Forbes” tuzgan reytingda Misrning eng boy kishilari ro‘yxatida 3,1 mlrd dollar bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.