Klopp "Real"ning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor

Klopp "Real"ning taklifini ko‘rib chiqishga tayyor
\"Liverpul\" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madridning \"Real\" klubi tomonidan bo‘ladigan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda Sports.uz internet nashri xabar bermoqda.

Biroq, germaniyalik mutaxassisning o‘zi ham \"Santyago Bernabeu\"ga ko‘chib o‘tishiga mersisaydliklar rahbariyati qarshilik qilishini yaxshi tushunib turibdi. Biroq, shunga qaramay u \"qirollik klubi\" bilan muzokaralar o‘tkazishga qarshi emas. Qayd etish lozimki, Kloppning shartnomasiga ko‘ra uning tovon puli 52 mln yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Real” bosh murabbiyligi uchun Kloppdan tashqari, shuningdek Arsen Venger va Antonio Kontelarning ham nomzodlari bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.