Jahon chempionatining yana bir rekordi yangilandi

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-turida yana bir rekord yangilanadi. Bu haqda \"Xalq so‘zi\" nashri xabar berdi.
Gap shundaki, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvida misrliklar tarkibida darvozabon Issam al-Hadariy maydonga tushdi. Natijada bu orqali futbolchi jahon chempionatida debyut qilish bilan birga chempionatning eng qari futbolchisiga aylandi. Hadariy bugungi uchrashuv vaqtida 45 yosh-u, 161 kunlik bo‘ldi.
Shu kungacha mazkur rekord kolumbiyalik Farid Mondragonga tegishli bo‘lib, darvozabon 2014 yilgi JCh vaqtida maydonga tushganda, 43 yosh, 3 kunlik bo‘lgandi.
Maydonda to‘p surgan futbolchilar ichida eng yoshi keksa futbolchi esa kamerunlik Roje Milla sanaladi. U 1994 yilda JCh o‘yinida ishtirok etganida 42 yosh, 39 kunlik bo‘lgan va Mondragonga qadar bu borada mutlaq rekordchi sanalardi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Gap shundaki, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvida misrliklar tarkibida darvozabon Issam al-Hadariy maydonga tushdi. Natijada bu orqali futbolchi jahon chempionatida debyut qilish bilan birga chempionatning eng qari futbolchisiga aylandi. Hadariy bugungi uchrashuv vaqtida 45 yosh-u, 161 kunlik bo‘ldi.
Shu kungacha mazkur rekord kolumbiyalik Farid Mondragonga tegishli bo‘lib, darvozabon 2014 yilgi JCh vaqtida maydonga tushganda, 43 yosh, 3 kunlik bo‘lgandi.
Maydonda to‘p surgan futbolchilar ichida eng yoshi keksa futbolchi esa kamerunlik Roje Milla sanaladi. U 1994 yilda JCh o‘yinida ishtirok etganida 42 yosh, 39 kunlik bo‘lgan va Mondragonga qadar bu borada mutlaq rekordchi sanalardi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













