Garet Sautgeyt: "Bizni Rossiyada ajoyib kutib olishdi. Bundan zo‘r bo‘lishi mumkin emas"

Garet Sautgeyt: "Bizni Rossiyada ajoyib kutib olishdi. Bundan zo‘r bo‘lishi mumkin emas"
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt JCh-2018 3-o‘rin uchun bahsdan keyin butun musobaqa haqida gapirib o‘tdi.

«Barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bizni Rossiyada ajoyib kutib olishdi. Tashkiliy ishlar hammasi o‘z o‘rnida, har bir shaharda bizni issiq kutib olishdi.

Musobaqadan oldin ko‘pchilik Rossiya va Angliya munosabatlari haqida gapirishgan edi, lekin shaxsiy taassurotimdan shuni tushundimki: tajriba orttirishda bundan zo‘ri bo‘lmagan. Bu yerda hamma bizga yaxshi munosabatda bo‘ldi, to‘g‘ri savollar berishdi.

Britaniyadan kelgan barcha jurnalistlar o‘zini jarayon ichida his qilishdi, hech kim ularni chetlatishmadi. Ushbu davrni ajoyib o‘tkazdi, rahmat
», - deydi Sautgeyt.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.