"Metallurg" ustozi: Bugun safardagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik

"Metallurg" ustozi: Bugun safardagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan \"Buxoro\" - \"Metallurg\" (2:1) o‘yinida so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda.

\"Yaxshi o‘yin bo‘ldi. \"Buxoro\" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun biz ham yomon o‘ynamadik. Joriy yilgi mavsum hisobidan safardagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini o‘tkazdik, desam xato bo‘lmaydi.

\"Buxoro\" jamoasi 2 ta ajoyib gol kiritdi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Shogirdlarimga e’tiroz yo‘q. Ular o‘zlariga yuklatilgan ko‘rsatmalarni bajara olishdi\", - dedi mutaxassis.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.