Rasman! Sanjar Tursunov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi (foto)

Rasman! Sanjar Tursunov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi (foto)
32 yoshli futbolchimiz Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi - K Liga-2 ishtirokchisi \"Tedjon Sitizen\" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tursunov yangi jamoasi safida 9-raqamda to‘p tepadi. Qayd etish joiz, mazkur klub safida yana bir hamyurtimiz Shoxrux Gadoyev ham to‘p suradi.
Rasman! Sanjar Tursunov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi (foto)
Ma’lumot uchun, Sanjar Tursunov faoliyati davomida Rossiya (\"Irtish\", \"Volga\", \"Alaniya\", \"Orenburg\"), O‘zbekiston (\"Lokomotiv\"), Ukraina (\"Vorskla\") va Qatar (\"Umm Salal\", \"Al-Haraytiyat\") kabi mamlakatlar klublari sharafini himoya qilgan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 49 bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritishga erishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.