O‘zbekiston OTJ Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlikni yakunladi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 3 avgustdan boshlab Osiyo o‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlik doirasida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi.
Kecha olimpiyachilarimiz \"Metallurg\" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi ham o‘tkazishdi. Futbolchilarni muhim musobaqa oldidan jarohat olishdan asrash maqsadida nazorat uchrashuvida ehtiyotkorlikka ahamiyat qaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. O‘yin \"Metallurg\"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvda Ravshan Haydarov yig‘inga jalb qilingan barcha futbolchilar xizmatidan foydalandi.
Bugun soat 21:00 da terma jamoamiz a’zolari Indoneziyaga yo‘l olishadi. Undan avval esa soat 11:00 da \"Miran\" mehmonxonasida bosh murabbiy Ravshan Haydarov bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqasiga 14 avgust kuni start beriladi. Terma jamoamizning Osiyo o‘yinlaridagi taqvimi:
14 avgust
1-tur:
O‘zbekiston – Bangladesh
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00
16 avgust
2-tur:
Qatar – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
19 avgust
3-tur:
Tailand – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
Izoh: O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Kecha olimpiyachilarimiz \"Metallurg\" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi ham o‘tkazishdi. Futbolchilarni muhim musobaqa oldidan jarohat olishdan asrash maqsadida nazorat uchrashuvida ehtiyotkorlikka ahamiyat qaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. O‘yin \"Metallurg\"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Uchrashuvda Ravshan Haydarov yig‘inga jalb qilingan barcha futbolchilar xizmatidan foydalandi.
Bugun soat 21:00 da terma jamoamiz a’zolari Indoneziyaga yo‘l olishadi. Undan avval esa soat 11:00 da \"Miran\" mehmonxonasida bosh murabbiy Ravshan Haydarov bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha musobaqasiga 14 avgust kuni start beriladi. Terma jamoamizning Osiyo o‘yinlaridagi taqvimi:
14 avgust
1-tur:
O‘zbekiston – Bangladesh
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 14:00
16 avgust
2-tur:
Qatar – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
19 avgust
3-tur:
Tailand – O‘zbekiston
Jakarta. «Pakansari» stadioni
Boshlanish vaqti: 17:00
Izoh: O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













