Shahram Gʻiyosov “Wembley Stadium”da ringga koʻtariladi

Shahram Gʻiyosov “Wembley Stadium”da ringga koʻtariladi
Yaqinda Rio Olimpiadasi sovrindori, ayni damda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram Gʻiyosov oʻzining toʻrtinchi jangida ganalik Albert Mensa nokautga uchratib gʻalaba qozongan edi.

Shahram joriy yilning 22 sentyabr kuni navbatdagi jangini oʻtkazishi maʼlum boʻldi. Uning beshinchi jangi London shahridagi “Wembley Stadium”da boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Sh.Gʻiyosovning raqibi kim ekanligi bir necha kundan soʻng aniq boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur boks kechasida rossiyalik Aleksandr Povetkin (34-1-0) va britaniyalik (21-0-0) ham oʻzaro raqobatlashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.