Boks. Jasurbek Latipov ilk oltinni rasmiylashtirdi

Boks. Jasurbek Latipov ilk oltinni rasmiylashtirdi
2018 yilgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston boks jamoasi ilk oltin medalni qoʻlga kiritdi.

-52 vazn toifasida final jangida ringga koʻtarilgan Jasurbek Latipov filippinlik Ladon Rogenga qarshi jang qildi.

Ikkinchi raundda filippinlik bokschi jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi. Hakamlar ochkosiga koʻra Jasurbek Latipov gʻolib deb topildi - 3:1 (20:18, 19:19, 18:20, 20:18, 20:18). U Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.

Uning oltin medali Oʻzbekiston delegatsiyasining 16-oltin medaliga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.