Bernd Shtange: “Oʻzbekiston bizdan bunday oʻyinni kutmagandi”

Bernd Shtange: “Oʻzbekiston bizdan bunday oʻyinni kutmagandi”
Oʻzbekiston-Suriya oʻrtoqlik uchrashuvidan soʻng tashkillashtirilgan matbuot anjumanining birinchi qismida Suriya bosh murabbiyi Bernd Shtange ishtirok etdi.

- Oʻyinga toʻxtalib oʻtsam, biz mehmonda oʻynagan boʻlsak ham 80 foiz bizning jamoa toʻpni oʻzida saqlab turdi. Bu oʻyindan gʻalaba kutgan boʻlsak ham, afsuski durangga imzo chekdik. Oʻyin davomida tashabbus biz tomonda boʻlsa ham oʻyin oxirida sustkashlikka yoʻl qoʻydik. Mutaxassis sifatida Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida favoritlarga qarshi yaxshi oʻyin koʻrsatishiga umid qilaman.

Biz Suriyaga koʻtarinki kayfiyatda yoʻl olamiz, chunki endilikda oʻzbek xalqi bizni yaxshi terma jamoa sifatida eslashadi. Biz oʻyin boshidanoq toʻpga ishonch bilan egalik qila boshladik. Oʻzbekistonlik futbolchilar bizdan bunday oʻyin uslubini kutishmagan edi, - deydi 70 yoshli mutaxassis oʻz soʻzida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.