Jon Terri Rossiya vizasini oldi

Jon Terri Rossiya vizasini oldi
Moskvaning “Spartak” klubiga oʻtishi aytilayotgan angliyalik afsonaviy himoyachi Jon Terri Rossiya vizasini qoʻlga kiritdi.

Biroq, berilgan maʼlumotlarga koʻra 37 yoshli futbolchi va rus klubi oʻrtasidagi muzokaralar hamon davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bundan avvalroq Terri “Spartak” bilan “1+1” koʻrinishidagi shartnoma imzolashi va yiliga 2 million yevro maosh olishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etish lozimki, bundan avvalroq Terrining “Aston Villa” klubiga qaytishi mumkinligi haqida ham xabarlar chop etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.