Husniddin Poʻlatov WBA Asia kamarini qoʻlga kiritdi

Husniddin Poʻlatov WBA Asia kamarini qoʻlga kiritdi
Janubiy Koreyaning Suvon shahrida navbatdagi professional boks oqshomi oʻtkazildi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, bu oqshomda oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi Husniddin Poʻlatov yarim oʻrta vazn toifasida indoneziyalik Soxlan Koralga qarshi ringga koʻtarildi.

12 raundga moʻljallangan bahsda oʻzbekistonlik sportchi 6-raundda raqibini nokautga uchratdi va WBA Asia kamarini qoʻlga kiritdi.

Poʻlatov professional ringda 14-jangini oʻtkazdi. U shu vaqtgacha oʻtkazilgan janglarining 10 tasida gʻalaba qozongan (5 ta nokaut) va 3 marta magʻlubiyatga uchragan (3 ta nokaut). Indoneziyalik bokschi esa shu vaqtga qadar 24 ta jang oʻtkazib, 17 ta gʻalabaga erishgan va 7 marta magʻlubiyatga uchragandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.