YECHL. “Liverpul” soʻnggi daqiqalarda “PSJ”ni magʻlub etdi, “Atletiko” safarda “Monako”ni yengdi

YECHL. “Liverpul” soʻnggi daqiqalarda “PSJ”ni magʻlub etdi, “Atletiko” safarda “Monako”ni yengdi
2018/19 yilgi Chempionlar Ligasi guruhi bosqichi 1-turining navbatdagi oʻyinlari oʻtkazildi.

“Atletiko Madrid” safarda “Monako” bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida gʻalaba qozondi. Mehmonlar safida Diyego Kosta hamda Ximenes 1tadan gol urgan boʻlsa, maydon egalarining yagona goli Gransir tomonidan kiritildi.

Kunning markaziy oʻyinida “Liverpul” esa oʻz maydonida “PSJ”ni qabul qildi. Gollarga boy boʻlgan uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga hal boʻldi.

“Liverpul” tarkibida Starrij, Milner hamda Firmino oʻz hisobiga 1tadan gol yozib qoʻygan boʻlsa, parijlikning gollariga Menye hamda Mbappe mualliflik qildi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

A guruhi

Monako Monako – Atletiko Ispaniya 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar:
1:0 – 18 Gransir, 1:1 – 31 Diyego Kosta, 1:2 – 45 Ximenes.

Monako – Benalo, Glik, Xenrixs, Sidibe, Jemerson, Axolu (Traore, 69), Ndoram, Shadli (Jordi Mboula, 58), Tilemans, Gransir (Silla, 77), Falkao.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Xuanfran, Godin, Koke, Rodri Ernandes, Saul, Korrea (Lemar, 70), Diyego Kosta, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Falkao (11), Ximenes (48), Sidibe (52), Traore (78), Diyego Kosta (90).

Bryugge Belgiya – Borussiya D Germaniya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 85 Pulishich.

Bryugge – Letitsa, Mitrovich, Densvil, Pulen, Vlitink (Kols, 56), Vormer, Vanaken, Rits, Danjuma (Bonaventure, 76), Uesli, Vossen (Openda, 82).
Borussiya D – Byurki, Akanji, Shmelser, Pishchek, Diallo, Getse (Kagava, 62), Sancho (Pulishich, 69), Volf, Vaygl (Daud, 84), Roys, Vitsel.
Ogohlantirishlar: Vaygl (19), Kagava (90).

C guruhi

Liverpul Angliya – PSJ Fransiya 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar:
1:0 – 30 Starrij, 2:0 – 36, penalti Milner, 2:1 – 40 Menye, 2:2 – 83 Mbappe, 3:2 – 90 Firmino.

Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner, Xenderson, Veynaldum, Mane (Fabino, 90), Salax (Shakiri, 85), Starrij (Firmino, 72).
PSJ – Areolya, Tiago Silva, Markinos, Bernat, Kimpembe, Di Mariya (Shupo-Moting, 80), Rabo, Menye, Neymar, Mbappe, Kavani (Draksler, 80).
Ogohlantirishlar: van Deyk (27), Menye (45).

Srvena Zvezda Serbiya – Napoli Italiya 0:0 (0:0, 0:0)

Srvena Zvezda – Boryan, Degenek, Rodich, Stoykovich, Savich, Yovichich (Yovanchich, 56), Krstichich, Chaushich, Marin (Simich, 87), Boachi (Pavkov, 81), Ben-Nabuan.
Napoli – Ospina, Albiol, Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Zelinski (Gamshik, 75), Fabian Ruis, Kalyexon (Una, 75), Allan (Mertens, 61), Insinye, Milik.
Ogohlantirishlar: Allan (17), Krstichich (37), Degenek (55), Albiol (57), Milik (90), Mariu Ruy (90).

D guruhi

Galatasaroy Turkiya – Lokomotiv Rossiya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 9 Rodrigesh, 2:0 – 67 Derdiyok, 3:0 – 90, penalti Inan.

Galatasaroy – Muslera, Aziz, Nagatomo, Linnes, Fernando, Ndiaye, Donk, Akbaba, Belxanda (Maykon, 73), Rodrigesh (Inan, 90), Derdiyok (Onyekuru, 82).
Lokomotiv – Gilyerme, Xevedes, Chorluka, Kverkveliya, Ignatyev (Eder, 69), Fernandesh, Denisov, Miranchuk (Miranchuk, 86), Krыxovyak, Idovu, Farfan.
Ogohlantirishlar: Chorluka (23), Ndiaye (42), Idovu (60), Fernando (72), Denisov (88), Gilyerme (90).
Chetlashtish: Ndiaye (87).

Shalke Germaniya – Portu Portugaliya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 64 Embolo, 1:1 – 75, penalti Otavio.

Shalke – Fermann, Sane, Naldo, Nastasich, Serdar (Xarit, 84), Kalijuri, Bentaleb, Makkenni, Shopf, Ut (Konoplyanka, 65), Embolo (Burgshtaller, 72).
Portu – Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra, Eder Militao, Errera, Danilu Pereyra, Marega, Otavio (Ernani, 90), Braimi (Serjiu Oliveyra, 82), Abubakar (Korona, 60).
Ogohlantirishlar: Embolo (27), Ut (53), Korona (78), Errera (86).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.