Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga jonli efirda qurʼa tashlanadi

Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga jonli efirda qurʼa tashlanadi
Kecha — 19 sentyabr kuni yarim finalga yoʻl olgan barcha jamoalar nomi maʼlum boʻladi. 1/2 final uchrashuvlari 27-28 sentyabr kunlari boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan.

Yarim final juftliklari “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladigan “Gol” koʻrsatuvi vaqtida tashlanadigan qurʼa orqali aniqlab olinadi. Koʻrsatuv ertaga — 20 sentyabr kuni 19:40 da boshlanadi.

Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston kubogining 1/8 final uchrashuvlari qurʼasi ham, 1/4 final qurʼasi ham “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgan edi. Dastlab Mirjalol Qosimov, Murod Zuxurov hamda Aziz Turgʻunboyev qurʼa marosimida ishtirok etgan boʻlsa, chorak final juftliklarini Ravshan Haydarov aniqlab bergandi.

Manba: www.pfl.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.