Peres: Ronaldu “Real”ga qaytadi

Peres: Ronaldu “Real”ga qaytadi
Перес: Роналду "Реал"га қайтади

“Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peres xujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi haqida oʻz fikrini bildirdi.

- FIFAning 2018 yildagi eng yaxshilarni taqdirlash marosimida Ronaldu bilan uchrashganimda uni quchoqlardim. Klub muxliclari Ronaldu biz bilan 9 mavsum boʻlganligidan juda xursand va bu bilan gʻururlanishadi.

Oʻylashimcha, Krishtianu Di Stefanoning munosib merosxoʻridir. U “Real”dagi gollar soni boʻyicha rekord oʻrnatgandir. Shu bois ham Ronaldu muxlislar yuragida muhrlanib qolishiga ishonchim komil.

Bir kun kelib Krishtianu Ronaldu “qirollik klubi” safiga qaytishiga ishonaman, - dedi Peres.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.