APL. “Chelsi” bugun “Liverpul”ga qarshi jang qiladi, “Manchester Siti” esa “Brayton” bilan (anons)

APL. “Chelsi” bugun “Liverpul”ga qarshi jang qiladi, “Manchester Siti” esa “Brayton” bilan (anons)
Bugun, 29 sentyabr sanasida futbol boʻyicha Angliya premyer-ligasida 7-tur uchrashuvlari boshlanadi.

Mazkur turni “Manchester Yunayted” “Vest Hem”ga qarshi safardagi oʻyin bilan ochib beradi. Bahs 16:30 da boshlanadi.

Oʻz oʻyinini topib borayotgan Unai Emeri boshchiligidagi “Arsenal” oʻz uyida “Uotford”ni mehmon qiladi. Uchrashuv 19:00 da boshlanishi belgilangan.

Amaldagi chempion “Manchester Siti” esa oʻz uyida “Brayton”ni imtihondan oʻtkazadi. Bellashuv 19:00 da boshlanadi.

Kunning soʻnggi oʻyinida “Chelsi” oʻz uyida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”ni qabul qiladi. Qayd etish joiz, “aristokratlar” kuni kecha “Liverpul”ni Angliya Liga Kubogidan chiqarib yuborgandi. Oʻyin 21:30 da boshlanadi.

Angliya premyer-ligasi

7-tur bellashuvlari

29 sentyabr, shanba


“Vest Hem”—“Manchester Yunayted” 3:1
“Arsenal”—“Uotford” 19:00 Futbol-TV
“Everton”—“Fulhem” 19:00
“Haddersfild”—“Tottenhem” 19:00
“Manchester Siti”—“Brayton” 19:00
“Nyukasl”—“Lester” 19:00
“Vulverhemtpon”—“Sauthempton” 19:00
“Chelsi”—“Liverpul” 21:30 UzReport-TV

30 sentyabr, yakshanba

“Kardiff Siti”—“Byornli” 20:00

1 oktyabr, dushanba

“Bornmut”—“Kristal Pelas” 00:00
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.