Ektor Kuper Oʻzbekiston MTJ tarkibini keskin yoshartirmaydi

Ektor Kuper Oʻzbekiston MTJ tarkibini keskin yoshartirmaydi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper qishda oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun tarkibni shakllantirish borasida ishini davom ettirmoqda.

Xabar qilinishicha, argentinalik murabbiy tarkibni keskin yoshartirmaydi. Kuperning rejasidan Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov kabi tajribali futbolchilar oʻrin olgan.

Shu bilan birga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida oʻzini koʻrsatgan bir qator futbolchilar ham tarkibga jalb qilinadi. Ammo Ektor Kuperning taktikasi asosan tajribali futbolchilarga tayanishdan iborat.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.