Yurgen Klopp: “Futbolning maqsadi odamlarni xursand qilish. Biz odamlar hayotini qutqarmaymiz”

Yurgen Klopp: “Futbolning maqsadi odamlarni xursand qilish. Biz odamlar hayotini qutqarmaymiz”
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolni qiziqarli bir mashgʻulot deb hisoblashini aytib oʻtdi.

“Chelsi” klubi bilan durangdan keyin biz Mauritsio Sarri bilan suhbatlashdik, u menga kulib qoʻydi. Sarri menga qaradi va shunday dedi: “Oʻyindan lazzat oldingmi?”. Men “Ha, albatta” deb javob berdim.

Menga oʻsha oʻyin juda yoqdi, “Siti” bilan ham yaxshi oʻyinlar boʻlgan edi. Men bu gapimni bir necha marotaba aytganman va yana aytaman: futbolning asosiy maqsadi odamlarni xursand qilish. Bu atigi futbol, undan ortiq emas.

Biz odamlar hayotini qutqarmaymiz, hech narsa yaratmaymiz, jarrohlik amaliyoti qilishni bilmaymiz. Biz bor yoʻgʻi futbolda yaxshimiz. Agar odamlarni xursand qilmasak, futbol oʻynashni nima keragi bor? Afsuski, har doim ham buning imkoni boʻlmaydi. Odamlarni xursand qilish – juda ham ogʻir ish», - deydi Klopp.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.